5 Avgust 2025 yil 422

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida, Probatsiya guruhi nazoratida turuvchi shaxslar bilan tadbirkorlar uchrashuvi tashkil etildi.

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida Boysun tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi tomonidan nazoratda turuvchi shaxslar hamda mahalliy tadbirkor ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida probatsiya nazoratidagi shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar va tadbirkorlikni boshlash uchun dastlabki malumotlarni olishdi.

Shuningdek, tadbirkor tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi.

Bu kabi tashabbuslar jinoyatchilikning oldini olish, probatsiyadagi fuqarolarni hayotga qaytarish va sog‘lom ijtimoiy muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech