22 Iyul 2025 yil 271

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida, Muzrabot tumanida nazoratda turuvchi fuqarolar uchun uchrashuv tashkil etildi.

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida Muzrabot tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi tomonidan nazoratda turuvchi shaxslar hamda mahalliy tadbirkor ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – probatsiya hisobiga olingan shaxslarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, mehnat faolligiga jalb etish orqali jinoyatchilikni kamaytirishga xizmat qilishdan iborat.

Uchrashuv davomida probatsiya nazoratidagi shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy, ijtimoiy va ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan mutaxassislardan batafsil ma’lumotlar olishdi. Shuningdek, tadbirkor tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida ikki nafar nazorat ostidagi shaxslar ishga joylashtirilib, ularning to‘liq bandligi ta’minlandi.

Bu kabi tashabbuslar jinoyatchilikning oldini olish, probatsiyadagi fuqarolarni hayotga qaytarish va sog‘lom ijtimoiy muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech