Xavfsiz va sog‘lom yurt: Probatsiya nazoratidagi fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Kuni kecha Angor tumanida Ichki ishlar bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida navbatdagi "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
Tadbirda Probatsiya nazoratida bo‘lgan fuqarolarga tumandagi
korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar)
yuzasidan tegishli takliflarni taqdim etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi – nazoratdagi fuqarolarni ish
bilan ta’minlash, ularni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, jamiyatga moslashtirish
va kelgusida jinoyatga qaytishining oldini olishdan iborat.
Yarmarka yakunida 4 nafar fuqaro mehnat bozorida talab
yuqori bo‘lgan sohalarga ishga joylashtirildi.
Bunday tadbirlar aholining ijtimoiy faolligini oshirish, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va jamiyatga integratsiyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.