21 Iyul 2025 yil 357

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktika oyligi doirasida ish yarmarkasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik oyligi doirasida Qiziriq tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi tomonidan, jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda, Qiziriq tuman Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi, tuman Adliya bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda "Ishga marhamat" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir davomida Probatsiya nazoratida bo‘lgan fuqarolar tumanda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi.

Natijada, Probatsiya nazoratida bo‘lgan 2 nafar shaxs doimiy ish bilan band qilindi.

Text to speech