26 Iyul 2025 yil
574
Xavfsiz va sog‘lom yurt: Oltinsoy tumanida Probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yil 15-iyuldan 15-avgustga qadar mamlakatimiz bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Oltinsoy tuman Ichki ishlar
bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Probatsiya guruhi nazoratida bo‘lganlar
bilan tadbirkorlar uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatga moslashishda muammolarga duch kelayotgan fuqarolarga ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.