7 Avgust 2025 yil
385
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Qiziriq tumanida amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Qiziriq tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tumanda tadbirkorlik faoliyati bilan samarali shug‘ullanib kelayotgan To‘raev Rizamat Nortoji o‘g‘li ishtirok etib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida nazorat ostidagi shaxslar “Shodlik Davr” xususiy korxonasi faoliyati bilan
tanishtirilib, nazorat ostidagi shaxslarga tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha tushunchalar
hamda amaliy tavsiyalar berdi.
Maqsad — shaxslarni jamiyatga moslashtirish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish.