24 Iyul 2025 yil 368

Xavfsiz va sog‘lom yurt: Muzrabot tumanida Probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yil 15-iyuldan 15-avgustga qadar mamlakatimiz bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.

Mazkur oylik doirasida, Muzrabot tuman ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Probatsiya guruhi nazoratida bo‘lganlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda tuman prokurori Islombek Xo‘jamurodov, tuman IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurovlar tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatga moslashishda muammolarga duch kelayotgan fuqarolarga ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hisobdagi fuqarolarning sog‘lom turmush tarziga qaytishi va ijtimoiy hayotga faol qo‘shilishi yo‘lida zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech