15 May 2025 yil 478

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” maxsus tezkor profilaktik tadbiri doirasida, Termiz tumanida avtokarvon targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Joriy yilning 15 aprel kunidan 15 may kuniga qadar o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar o‘rtasida qoidalarga rioya etish madaniyatini oshirish maqsadida, Termiz tumanida bir qator samarali tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qoidabuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kunduzgi va tungi nazorat reydlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taassurot uyg‘otish va hodisalarning ayanchli oqibatlarini ko‘z bilan ko‘rib anglashlari uchun, yo‘l-transport hodisalarida texnik shikastlangan avtomashinalar ortilgan maxsus evakuatorlar karvoni tumanning markaziy ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi rahbariyati tomonidan haydovchilar va piyodalar o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Jamoat transport vositalari haydovchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari muhokama qilindi, yo‘lda xavfsiz harakatlanishga oid mulohazalar bildirildi.

Tadbirda tajribali haydovchilar o‘z tavsiya va amaliy maslahatlarini yosh avlod haydovchilari bilan o‘rtoqlashdi. Shu bilan birga, yo‘l harakati qoidalariga oid ma’lumotlar yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.

Text to speech