15 May 2025 yil 245

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” maxsus tezkor profilaktik tadbiri doirasida, Muzrabot tumani hududida avtokarvon targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Joriy yilning 15 aprel kunidan 15 may kuniga qadar o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida, avtohalokatlarning oldini olish maqsadida avtohalokatga uchragan texnikalar ortilgan avtokarvon yo‘llarda harakatlantirildi.

Muzrabot tumanida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avtohalokatlarning oldini olish hamda fuqarolarda mas’uliyat hissini oshirish maqsadida keng ko‘lamli avtokarvon tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir tegishli tashkilotlar, xususan Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi, tuman hokimligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Avtokarvon davomida tumandagi asosiy ko‘chalardan boshlab, aholi gavjum nuqtalarida yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, piyodalarning ishtiroki, tezlikni me’yorida saqlash va xavfsizlik kamaridan foydalanishning hayotiy zarurligi targ‘ib qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi — jamiyatda avtomobil boshqarish madaniyatini shakllantirish, ayniqsa yoshlarda ehtiyotkorlik va mas’uliyat hissini kuchaytirishdir.

So‘nggi yillarda tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, avtohalokatlarning aksariyati inson omiliga — beparvolik, qoidalarga amal qilmaslik va ehtiyotsizlikka bog‘liq bo‘lmoqda. Eng achinarlisi shundaki, bunday hodisalar ko‘pincha insonlar hayoti bilan yakun topmoqda.

Avtokarvon doirasida ishtirokchilarga eslatmalar, bannerlar, tarqatmalar orqali yo‘l harakati qoidalarini unutmaslik zarurligi tushuntirildi. Shu bilan birga, voqealik asosida ishlangan videoroliklar, real holatlardan namunalar orqali jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

Text to speech