“Xavfsiz va sog‘lom yurt” maxsus tezkor profilaktik tadbiri doirasida, Termiz shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldi olinmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash hamda respublika hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-taadbirlar yuzasidan "Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish" maqsadida, Surxondarë viloyati prokuraturasi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i A.To‘raev va Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi inspektor psixologlari bilan hamkorligida shahar maktablarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka moyil o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida, huquqbuzarlik va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berilib, voyaga yetmaganlarni qiziktirgan savollariga tegishli javoblar berildi.