"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida, ovchilar o‘rtasida profilaktik tushuntirishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi
PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash hamda respublika hududida "Xavfsiz va sog‘lom
yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Surxondaryo viloyati
IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hamda joylardagi
mas’ullari tomonidan ichki ishlar bo‘linmalarida ro‘yxatda turgan Ov quroli egalari bilan ov
qurolini saqlash tartiblari, ov chog‘ida va quroldan foydalanishda texnik xavfsizlik
qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar olib borilib, ularning ov qurollarini saqlash
shart-sharoitlari o‘rganilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2022 yil 31 maydagi O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi munosabasi bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlari yuzasidan tushuntirishlar olib borilmoqda.
Bundan tashqari viloyat hududida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida 12 nafar fuqarolar tomonidan jami bo‘lib 12 ta har xil turdagi o‘q otar qurollar va 9 dona patronlarni o‘z hoxishlari bilan topshirilishiga erishildi. Viloyat hududida tegishli hujjati bo‘lmay turib qurollarni saqlaganligi uchun jami 2 nafar shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2201-moddasiga asosan jami 3 dona har xil turdagi pnevmatika qurollari aniqlanib olinib egalariga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.