7 Avgust 2025 yil 365

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan o‘rganildi.

Joriy yilning 6 avgust kuni  viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev tomonidan kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar qatoriga kiritilgan Termiz shahar "Kattabog‘" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi bilan ushbu mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlar kelib chiqish sabablari va bunga imkon yaratib bergan sharoitlar o‘rganilib, bir kun muddat ichida kelgusida ushbu mahalla hududida jinoyat sodir etilishining oldini olish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi.

Bundan tashqari ushbu mahallada ikki nafar profilaktika inspektori uchun mavjud shtat birligi mavjud bo‘lib, bir nafar profilaktika inspektori bo‘sh lavozimini zudlik bilan jamlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Text to speech