19 Aprel 2025 yil 1033

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida aholining osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining 2025 yil 4 aprel kunidagi 142-sonli Farmoyishiga asosan, Respublika hududi bo‘ylab, 15 apreldan 15 may kuniga qadar "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

Tadbir doirasida Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanidagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tumanning Mehnatobod, Qorayontoq hamda Surxon sohili mahallalarida aholi o‘rtasida olib borilgan uchrashuvlarda mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olishda, osoyishtalikni ta’minlashda qo‘riqlash xizmatining afzalliklari tushuntirildi.

Text to speech