16 Iyul 2025 yil 246

Xavfsiz va sog‘lom yurt: Angor tumanida Probatsiya nazoratidagilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Angor tumani IIB mas’ul xodimlari ishtirokida Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nazorat ostidagi shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi, ularning huquq va majburiyatlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar keltirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech