“Xavfsiz va sog‘lom yurt”: Probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 15-iyuldan 15-avgustgacha respublika bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.
Mazkur oylik doirasida tuman Ichki ishlar bo‘limida
tuman prokurorining o‘rinbosari M. Pardayev ishtirokida probatsiya xizmati
nazoratida turgan fuqarolar bilan navbatdagi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatga
moslashishda qiyinchilikka uchrayotgan shaxslarga amaliy yordam ko‘rsatish,
ularni kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash masalalari muhokama
qilindi.
Shuningdek, hisobda turgan fuqarolarning sog‘lom turmush tarziga qaytishi va ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilandi.