5 Aprel 2025 yil 534

Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish profilaktikasi

Prezidentimizning 2025 yil 03 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, kuni kecha Denov tumanidagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “Buyuk kelajak” hamda “Bog‘inav” mahallalarida aholi o‘rtasida profilaktik targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida, fuqarolarga Qo‘riqlash xizmatining afzalliklari, ob’ekt va xonadonlarga o‘rnatiladigan signalizatsiya vositalari, "tashvish tugma"lari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu vositalarning ishlash tizimi amaliy ko‘rsatilib, foydalanish tartiblari tushuntirildi.

Text to speech