28 Noyabr 2024 yil
259
"Xavfsiz hudud dolzarb 50 kunlik" profilaktik tadbiri doirasida, Qiziriq tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Sh.Allamurotov tumanda probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, insonlarni hayotga qaytarish, ularni jamiyatga moslashishga ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lib, Sh.Allamurotov tomonidan mas’ullarga, probatsiya hisobida turganlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni kasb-hunarga yunaltirish va bu orqali o‘zligini topishida va jamiyatga qo‘shilishida yordam berish to‘g‘risida tavsiyalar berildi.
Uchrashuv so‘ngida, tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik
Sh.Allamurotov tomonidan nazorat ostida turgan
shaxslarga qayta jinoyat sodir etmasliklari va sud tomonidan o‘rnatilgan cheklov
qoidalarini buzmasliklari takidlandi.