19 Noyabr 2024 yil 261

“Xavfsiz hudud-dolzarb 50 kunlik” profilaktik tadbiri doirasida Termiz shahar va tumanlardagi qizil toifaga kiruvchi mahallarda qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

  Bugun erta tongdan Surxondaryo viloyati prokurori adliya katta maslahatchisi B.B.Babadjanov hamda viloyat IIB boshlig‘i T.K.Ismailovlar rahbarligida viloyat prokuraturasi va  IIB sohaviy xizmati xodimlari, viloyat Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari  ishtirokida Termiz shahar “Bog‘ishamol” mahallasida yo‘riqnoma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Bu jarayonda mahalla hududida huquq tartibot organlari hodimlari tomonidan spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, ruhiy xasta hamda muqaddam sudlanganlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek qarovsiz qoldirilgan transport vositalarining egalarini aniqlash va ularni hushyorlikka chorlash, bundan tashqari psixotrop va narkotik moddalarni aniqlash va turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Profilaktik tadbir doirasida  ijarada turuvchi fuqarolar hamda nizoli  oilalar bilan suhbat olib borish,  hududda istiqomat qiluvchi ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish vazifalari  belgilab berildi.

Ayni damda  berilgan topshiriqlar bo‘yicha xodimlar tomonidan xizmat jarayonlari qizg‘in olib borilmoqda. Mahalla hududida tozalash-obodonlashtirish ishlarida aholi faol ishtirok etyapti.

Text to speech