22 Noyabr 2024 yil 877

Xavfsiz hudud - dolzarb 50 kunlik" profilaktik tadbiri doirasida Termiz tumani huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida mas’ul xodimlarga tegishli yo‘riqnomalar berildi.

"Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunlik" tadbirlari doirasida tungi reydlar o‘tkazilmoqda

Termiz tumanida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida keng qamrovli "Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunlik" profilaktik tadbirlari davom etmoqda. Mazkur tadbirlar fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, huquq-tartibot muammolarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan.

Bugun ushbu tadbirlar doirasida navbatdagi tungi reydlarga start berildi. Unda tuman hokimi Shuhrat Nazarov ishtirok etib, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, yoshlar yetakchilari hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlarga muhim vazifalarni belgilab berdi.

Tungi reydlar davomida:

hududda jamoat tartibining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

jinoyat sodir etilish ehtimoli bo‘lgan joylarni nazorat qilish;

kafe, bar, savdo do‘konlari va boshqa jamoat joylarida qonun-qoidalarga rioya etilishini o‘rganish;

joylarda begona shaxslarning noqonuniy harakatlarining oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

Bunday reydlar va profilaktik tadbirlar orqali tumanda aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikni keskin kamaytirish maqsad qilingan.

Text to speech