28 Noyabr 2024 yil 519

“Xavfsiz hudud - dolzarb 40 kunlik” profilaktik tadbiri doirasida Sherobod tumani huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida masʼul xodimlarga tegishli yoʼriqnomalar berilib, tungi reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Yoʼriqnomada viloyat IIBdan masʼul, Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boʼlinma boshligʼi mayor F.Qodirov, Sherobod tuman prokurori B.Yunusov, tuman IIB boshligʼi podpolkovnik N.Narzullaev hamda uning oʼrinbosarlari boshchiligida tumanni jinoyatlardan holi hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga eʼtibor qaratish lozim boʼlgan holatlar yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berishdi.

Text to speech