“Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbiri doirasida Sho‘rchi tumanida ham huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda
Sho‘rchi tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda jinoyatchilikni jilovlash va turli huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli "Xavfsiz hudud-dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Sho‘rchi tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik
D.Qurbonov, tuman prokurori v.b N.Xudoyberdiev, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari
JXX boshlig‘i, podpolkovnik A.Rahimov hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar
rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir davomida hududda xavfsiz muhitni yaratish va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida saf yo‘riqnomalari o‘tkazilib, tungi reydlar tashkil qilinib, ularning faoliyati nazoratga olindi.