Xavfsiz turizmni ta’minlash hamda sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadiga qaratilgan matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2024-yil 18-iyul kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini
yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-102-sonli farmoni ijrosi doirasida, voha hududida
turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik vakillari ishtirokida matbuot anjumani
bo‘lib o‘tdi.
Ushbu matbuot
anjumanida, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan voha hududidagi sayyohlik
ob’ektlari, muqaddas qadamjo’lar va ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchi sayyohlar
xavfsizligini ta’minlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish
sifatini yanada oshirish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida, xorijiy va mahalliy sayyohlarning madaniy hamda ma’naviy hordiq chiqarishlari uchun ularning qiziqishlari bilan hamohang qo‘shimcha yangi tur ob’ektlariga sayohatlarni tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.