Xavfsiz turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Matbuot anjumani o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash
boshqarmasi tomonidan joriy yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan
turizm sohasiga aloqador hamkor tashkilotlar ishtirokida Termiz shahridagi “Matbuot
uyi”da matbuot anjumani o‘tkazildi.
Dastlab, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i mayor
Farrux Qodirov so‘zga chiqib, viloyat hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlarning
xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan
xizmatlar va yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, turizm va madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilishda huquqni
muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, turizm sohasidagi aloqador
davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, yurtimiz hududiga
tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish bo‘yicha kelgusida amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar kelishib olindi.