18 Aprel 2025 yil
1087
"Xavfsiz yurt va sog‘lom turmush" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Termiz tuman hokimi profilaktik hisobda turganlar va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 15-apreldan 15-mayga qadar mamlakatimiz bo‘ylab "Xavfsiz yurt va sog‘lom turmush" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov Probatsiya
xizmati hisobida turgan fuqarolar hamda otaliqqa olingan yoshlar bilan navbatdagi
uchrashuvini o‘tkazdi.
Unda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatga moslashishda
qiyinchilikka duch kelayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish,
ishga joylashtirish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Mutasaddilarga yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, hisobdagi fuqarolarning sog‘lom hayot tarziga qaytishi va ijtimoiylashuvida ko‘maklashish yuzasidan vazifalar topshirildi.