"Xavfsiz kibermakon" oyligi doirasidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Hududlarda "Xavfsiz kibermakon" oyligi doirasida aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Angor tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda fuqarolarga internetdan foydalanishda shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish, onlayn to‘lovlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilish hamda kiberhujumlardan himoyalanish usullari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni
ochiq qoldirmaslik, smartfon hamda kompyuter tizimlarini muntazam yangilab borish
kabi muhim maslahatlar taqdim etildi.
Fuqarolar uchun maxsus qo‘llanmalar tarqatilib,
savollariga mutaxassislardan batafsil javoblar berildi.
Bu kabi tadbirlar aholida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish, internetdagi turli tahdidlardan ogohlantirish va fuqarolarni shaxsiy hamda moliyaviy ma’lumotlarini himoya qilishga o‘rgatishga xizmat qilmoqda.