“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari Termiz shahrida ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash
yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash
hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish va ularni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2024 yilning may-iyun oylarida Vazirlik tomonidan
otaliqqa olingan bir million nafar yoshlar o‘rtasida «Xavfsiz
hayot uchun birlashaylik!» shiori ostida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy, vatanparvarlik
va sport tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan edi.
Shu munosabat butun Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan
«Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!» shiori ostidagi tadbir Surxondaryo viloyatining
markazi Termiz shahrida ham o‘tkazildi.
“Surxon sport”
arenasi oldida start olgan yugurish marafoni “Bolajon bog‘i”ga qadar bo‘lgan masofani
o‘z ichiga oldi.
mazkur sog‘lom turmush tarziga chorlaydigan «Xavfsiz hayot
uchun birlashaylik!» shiori ostida o‘tkazilgan marafon ishtirokchilari birin ketin
finish chizig‘ini bosib o‘tdi.
Marafonda g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlashga bag‘ishlangan
marosimda, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Otabek Fayzullaev 1 o‘rin, Shukrullo Safarov 2 o‘rin, Behruz Eshqobilov
faxrli 3- o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida 1 o‘rinni Shohsanam Xurramova,
2- o‘rinni Dinara Anvarova va 3- o‘rin Zuxra Norboevalarga nasib etib, Surxondaryo
viloyati IIBning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, “Yoshlarga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan tadbirkor” nominatsiyasi bo‘yicha
"Imkon Termiz" MChJ Polelitelin paketlar ishlab chiqarish korxonasi rahbari Abdualimov Ibrohimjon Boymurod o‘g‘li
munosib topilib, Surxondaryo viloyati IIBning tashakkuronomasi hamda qimmatbaho sovg‘asi boshqarma
boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu marafon viloyatning barcha
shahar-tuman markazlarida ham o‘tkazildi.