23 May 2022 yil 220

Harbiy xizmatchilar bilan yo‘l transport hodisalarini oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarning birida yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish, harakatlanish qoidalariga rioya etish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda viloyat IIB YHXB jamoat xavfsizligi xizmati Axborot xizmati katta mutaxassisi leytenant E.Abrayev hamda Termiz garnizoni harbiy avtomobil nazorati katta inspektori katta leytenant J.Salimov ishtirok etdi.

Davra suhbati tarzda o‘tkazilgan tadbir davomida shaxsiy tarkibga harbiy texnikalar bilan sodir bo‘ladigan yo‘l transport hodisalari, ularning kelib chiqish sabablari, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish va boshqa muammolar bo‘yicha hujjatli film namoyish etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech