28 Mart 2021 yil 786

Harbiy qismda tibbiy ko'rik tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabr kunidagi "O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5614-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan tadbirlar dasturida qayd etilgan "harbiy xizmatchilar va xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolarini ijtimoiy huquqiy himoyalash"ga qaratilgan tadbirlarning tegishli bandlari ijrosini ta'minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Termiz xalqaro aeroportlar xavfsizlikni ta'minlash bataloni harbiy qism xizmatchilari, oila a'zolari hamda ularning farzandlarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazish uchun Surxondaryo viloyati IIB tibbiyot bo'limi bilan "sog'lom avlod uchun" xalqaro hayriya fondi Surxondaryo filiali hamkorlikda 2021 yil 27 fevral kunida qo'shma reja topshiriq ishlab chiqildi.
Mazkur rejaga asosan kuni kecha Surxondaryo viloyati Termiz xalqaro aeroportlar xavfsizlikni ta'minlash bataloni harbiy qismga viloyat IIB tibbiyot bo'limi tashabbusi bilan tor mutaxassislar jumladan; "Sog'lom avlod uchun" xalqaro hayriya fondi Surxondaryo filiali mutaxassis shifokorlari akusher genekolog, terapevt va pediatr, viloyat IIB tibbiyot bo'limi mutaxassis shifokorlaridan otarinolaringolog, terapevt jarroh, pediatr, stomatolog, nevrolog va psixiatr, teri-tanosil kasalliklari shifokorlari ishtirokidagi zarur bo'lgan instrumental UTT, EKG va labarator tekshiruvlar asosida chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik tashkil etildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik natijalari bilan aniqlangan birlamchi kasalliklar bo'yicha sog'lomlashtirish ishlarini olib borish uchun shifokorlar tomonidan kerakli va zarur bo'lgan tavsiyalar berildi.
"Sog'lom avlod uchun" xalqaro hayriya fondi tomonidan muhtoj bo'lgan bemorlarga hayriya sifatida dori darmonlar tarqatilib, harbiy xizmatchilarning oila a'zolari orasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida, turli xil kasalliklarning oldini olish borasida targ'ibot-tashviqot ishlari ham olib borildi.

 

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech