Harbiy qismda, ichki ishlar organlari xodimlarining navbatdagi o'quv yig'ini yakuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 dekabrdagi F-5408-son Farmoyishi, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Surxondaryo viloyati hokimining 2020 yil 30 apreldagi Qo'shma qaroriga asosan Surxondaryo viloyati hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish, xodimlarning kasbiy ko'nikmalari hamda jangovar shayligini mustahkamlash maqsadida Janubi-G'arbiy maxsus harbiy okrugi Janubiy operativ qo'mondonligi Termiz shahridagi harbiy qism bazasida 9-o'quv yig'inida 60 nafar Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlari bilan o'quv kurslari tashkil etildi.
O'quv kursi xodimlari hududiy profilaktika inspektorlari bilan birgalikda hisobda turgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish uchun xizmatga jalb etildi.
O'quv yig'ini yakunida xodimlarga sertifikatlar topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati