Hamkorlikda targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda...
2021 yilning 12 avgust kuni Termiz temir yo'l vokzali hamda Termiz shahridagi Avtoshoxbekatlarida, Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi hamda transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimlari hamkorlikda fuqarolari xavfsizligi ta'minlash maqsadiga qaratilgan targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishdi.
Targ'ibot tadbirida viloyatimizga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, turli ko'rinishdagi huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yurtimizda kundan-kunga avj olib borayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, o'rnatilgan karantin choralariga qat'iy amal qilishlari, o'z vaqtida vaksina olishlari, aholi salomatligini asrash, sanitariya osoyishtaligini ta'minlash borasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.
Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi yo'l-harakati xavfsizligini ta'minlash guruhi xodimlari tomonidan "Termiz avtoshoxbekat"ida faoliyat olib boruvchi haydovchilarga amaldagi yo'l-harakati qoidalariga rioya etishlari, viloyatimizga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy mehmonlarni o'z manzillariga etkazish vaqtida ular bilan doimo xushmuomilada bo'lishlari, shaxsiy narsa va buyumlariga ehtiyotkor bo'lishlari, turistlarga nisbatan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilgan taqdirda viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasida tashkil etilgan navbatchilik qismining +998(76)-224-15-76 telefon raqamiga murojaat etishlari ta'kidlandi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati