15 May 2020 yil
739
Hamkorlikda o'zaro tajriba orttirildi
Surxondaryo viloyatida Milliy gvardiya xarbiy xizmatchilari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi shaxsiy tarkibi hamkorligida "jamoat transportida garovga olingan shaxslarni ozod qilish va terrorchilarni yo'q qilish" mavzusida o'quv seminar tashkil etildi.
Unda terrorchilarni zararsizlantirish borasidagi harakatlar, bu jarayonda qo'llaniladigan maxsus kuch va vositalar haqida atroflicha so'z yuritilib, amalda ko'rsatib berildi.
Albatta, bu boradagi chora-tadbirlar tegishli xizmat va tizilmalarning tezkor holati va faolligini nazoratdan o'tkazishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.