Hamkorlikda o'quv mashg'uloti o'tkazildi
Joriy yilning 11 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi, Surxondaryo viloyati IIB sohaviy xizmatlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, xokimiyat, tibbiyot hamda boshqa bir qator tashkilot xodimlari hamkorligida Termiz tuman hududida joylashgan harbiy poligonida "val" maxsus rejasiga asosan maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
O'tkazilgan mazkur o'quv mashg'ulotidan ko'zlangan asosiy maqsad, huquqtartibot organlari xodimlarining jangovar shaylik darajasi, kasbiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, favqulodda vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilishlari, shartli jinoyatchilarni qurolsizlantirish hamda qo'lga olish, ommaviy tartibsizliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga qaratildi.
O'quv mashg'uloti yakunida, tadbir ishtirokchilari tomonidan yo'l qo'yigan xato va kamchilliklar muhokama qilinib, kelgsida bu kabi kamchilliklarga yo'l qo'ymaslik hamda hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida qaror qabul qilindi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati