12 Iyun 2021 yil 567

Halqimizning farovon turmushini ta'minlash yo'lida...

Prezidentimiz joriy yilning 1-2- iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog'ida sektor rahbarlariga vohani rivojlantirishning qo'shimcha zaxiralarini topish va safarbar qilish, mahallalarning "o'sish nuqtalari"ni aniqlab, aholi bandligini ta'minlash, daromadini oshirish yuzasidan ustuvor vazifalar bo'yicha berilgan topshirig'i hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, erga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni ijrosi yuzasidan tumanlarda 2021 yil g'alladan va erta ekinlardan bo'shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish ishlarini tashkil etish bo'yicha Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari polkovnik A.S.Ismoilov boshchiligida viloyatning barcha hududlarida seminar mashg'ulotlari o'tkazildi.
Eng avvalo, dalalarda bobodehqonlar tomonidan parvarishlangan g'alla hosilini nestnobudsiz o'rib, g'alla xirmonini ko'tarish hamda g'alladan bo'shagan er maydonlarini kambag'al, ishsiz aholiga bo'lib berilishi rejalashtirilib, buning natijasida ishsizlarining bandligi ta'minlanishiga erishiladi.
Xususan, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli, gektar dukkakli ekinlar hamda chorva mollari uchun ozuqabop ekinlar ekish rejalashtirilgan bo'lib, bundan ko'zlangan asosiy maqsad aholining turmush tarzini yanada yaxshilab, daromad manbaini ikki barobarga oshirishdan iboratdir.
Shuningdek, aholi tomonidan barpo etilgan tok va boshqa bog'dorchilik xo'jaliklariga ixtisoslashgan tomorqalardan unumli foydalinish maqsadida, daraxt ko'chatlari orasiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari piyoz, sarimsoqpiyoz, kartoshka, zabzi va boshqa mahsulotlarini ekish choralarini ko'rish masalalari ham yo'lga qo'yilishi bo'yicha 3-sektor rahbari tomonidan taklif va ko'rsatmalar berildi.
Bundan tashqari aholining o'z qiziqish va sharoitlaridan kelib chiqib, o'z xonadonlarida quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, parrandachilik va boshqa mashg'ulotlar bilan band qilgan holda tashkil etilgan klasterlar yordamida ularning daromad manbaini tashkil etish masalalari ham ilgari surildi va tegishli tashkilot mas'ullariga topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech