19 Dekabr 2022 yil 433

Xalqimizga xos insonparvarlikning amaliy ifodasi

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Qayd etishicha, afv etilganlar orasida 2 nafar sherobodlik ham bo‘lib, ularning o‘z uylariga qaytarilishi yaqinlarining qalbini shodlikka to‘ldirdi. Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishlari uchun ular bilan uchrashib tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Text to speech