19 May 2023 yil 256

"Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan muzeylarga tashrif

"Maʼnaviyat oyligi" doirasida hamda 18-may "Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari dastlab, “Termiz davlat qo‘riqxonasi muzeyi”ga tashrif buyurishdi, muzeyda sana munosabati bilan tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada litsey o‘quvchilari faol ishtirok etishib, dunyodagi va respublikamizdagi muzeylar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, tadbir yakunida o‘quvchilarga muzeydagi eksponatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng litsey o‘quvchilari “Termiz Arxeologiya muzeyi”ga tashrif buyurishdi, muzeydagi barcha eksponatlar, vohamizdagi arxeologik topilmalar bo‘yicha litsey o‘quvchilariga muzey xodimlari tomonidan to‘liq ma’lumot berildi va o‘quvchilar muzeylar haqida katta taassurotlarga ega bo‘lishdi.

Text to speech