Xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilari Termizda tantanali kutib olindi
Joriy yilning 22-23 noyabr kunlari Termiz shahridagi Imom
Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Buxoriy, Dorimiy va Termiziy, muhaddislikning
Movarounnahr maktabi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilishi belgilangan.
Shu maqsadda, Turkiya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari,
Jazoir, Quvayt, Marokash, Qatar, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya singari 20 ga
yaqin xorijiy davlatlar, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlaridan taniqli
ulamolar, yetuk olimlar, ilmiy tadqiqot markazlari vakillari tashrif buyurishdi.
Mehmonlar Termiz xalqaro aeroportida
viloyat hokimligi va Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan
kutib olinib, viloyat hududida joylashgan “Al Hakim at-Termiziy”, “Sulton Saodat”
va “Abu Iso at-Termiziy” ziyoratgohlariga xavfsizligi ta’minlangan holda olib borildi.
Ushbu muqaddas maskanda mehmonlar ziyorat qilishib o‘tganlarni yod olib haqlariga
duolar qilishdi.