Fuqarolardan go‘sht mahsulotlarini harid qilgan shaxs pullarni bermadi, natijada...
Denov tumanida 2023 yilning fevral oyida, tumanning Totuvlik” mahallasida yashovchi, I.Mardonning Sho‘rchi tumanida yashovchi, V.Doston ishonchiga kirib, 2.556 (ikki ming besh yuz ellik olti) kg go‘sht mahsulotlarini 178.920.000 (bir yuz yetmish sakkiz million to‘qqiz yuz yigirma ming) so‘mga sotib olaman deb, go‘sht mahsulotini olib 61.000.000 (oltmish bir million) so‘mni berib qolgan 117.920.000 (bir yuz o‘n yetti million to‘qqiz yuz yigirma ming) so‘m pulini bermaganligi aniqlangan. Bundan tashqari V.Doston tumanning “O‘rikzor” mahallasida yashovchi, Yu.Rasulning ishonchiga kirib, 2022 yil dekabr oyida, 490 (to‘rt yuz to‘qson) kg go‘sht mahsulotlarini 34.300.000 (o‘ttiz to‘rt million uch yuz ming) so‘mga, “Xolchiyon” mahallasida yashovchi, T.Jo‘raning shu yil 21 yanvar kuni 421 (to‘rt yuz yigirma bir) kg go‘sht mahsulotlarini 28.430.000 (yigirma sakkiz million to‘rt yuz o‘ttiz ming) so‘mga olib, pullarini hozirgi kunga qadar bermay kelayotganligi aniqlangan. 1 aprel kuni V.Dostonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati