25 May 2021 yil 543

Gultuvaklarga nasha ekilganligi aniqlandi

Denov tumanida 2021 yilning 14 may kuni soat 16.30 da, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchilari, qo'riqlash boshqarmasi Denov tuman bo'limi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan "qoradori-2021" keng qamrovli tadbiri davomida, tumanning "Dashtichinor" mahallasida yashovchi, P.Feruzning yashash uyi va yordamchi xo'jaligi ko'zdan kechirilganida, uyida 4 dona gul tuvaklariga 23 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 17 may kuni P.Feruzga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech