G'oliblik - probasiya nazorati ostida turuvchi shaxslarga nasib etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko'ra sog'lom turmush tarzini tadbiq etish maqsadida, joriy yilning 5 dekabr kuni Termiz shahridagi mini-stadionida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Probasiya bo'limi xodimlari va probasiya nazorati ostida turuvchi fuqarolar o'rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Unda jami 4 ta jamoa ishtirok etishdi.
Keskin bahslarga boy bo'lgan musobaqada probasiya nazorati ostida turuvchi shaxslardan tashkil topgan "hamkor" terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o'rinni esa viloyat IIB Probasiya bo'limi xodimlaridan iborat jamoa a'zolariga nasib etdi.
Musobaqa yakunida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar qimmatbaho esdalik sovg'alari va medallar bilan taqdirlanishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati