5 May 2021 yil 379

G'olib jamoalar viloyat IIB boshlig'ining sovg'alari bilan taqdirlanishdi

"Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, 3-sektor hududidagi mahallalardagi uyushmagan yoshlar o'rtasida sportning "mini futbol" turi bo'yicha Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i kubogi uchun tashkil etilgan musobaqada mahalla yoshlari ishtirok etishdi.
Joriy yilning 1-4 may kunlari Sho'rchi tumani 3-sektor hududiga qarashli Bobur, Joyilma, Oqkamar, Qoqaydi, Oqqo'rg'on singari 12 ta mahalla yoshlari o'rtasida o'tkazilgan musobaqa g'oliblari aniqlandi. Unga ko'ra baxshitepalik yoshlar 3-o'rinni qo'lga kiritishgan bo'lsa, 2-o'rin "Joyilma" mahallasining yoshlariga nasib etdi. "Bobur" mahallasining yoshlari 1-o'rinni egallashdi.
Musobaqa yakunida g'olib jamoalarga viloyat IIB boshlig'ining diplom hamda estalik qimmatbaho sovg'alari topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech