5 May 2021 yil 499

G'olib jamoaga Surxondaryo viloyati IIB boshlig'ining kubogi topshirildi

Surxondaryo viloyatining 3-sektor hududlaridagi mahallalarida uyushmagan yoshlar o'rtasida sportning "mini futbol" turi bo'yicha "Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i kubogi" uchun musobaqalar tashkil qilinib kelinmoqda.
Xuddi shunday, musobaqa 2021 yilning 3-4 may kunlari Sherobod tumanidagi 3-sektor hududidagi mahallalarda uyushmagan yoshlar o'rtasida sportning "mini futbol" turi bo'yicha 1-bosqichi bo'lib o'tdi.
Tashkil etilgan musoboqada tumandagi 3-sektor hududidan 12 ta mahallaning futbol jamoalari ishtirok etishdi.
Qizg'in va murosalarga boy tarzda o'tkazilgan musoboqada faxrli 1-o'rinni tumanning "Oltinvoha" mahallasi jamoasi, 2-o'rinni tumanning "Sherobod" mahallasi jamoasi va 3-o'rinni tumanning "Istiqbol" mahallasi futbol jamoalari qo'lga kiritishdi.
Musoboqa so'ngida, Sherobod tumani 3-sektor rahbari Sherobod tumani IIB boshlig'i podpolkovnik O'.Shukurov musoboqa g'oliblarini "Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i"ning kubogi, diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech