14 Iyun 2021 yil
512
Giyohvandlikka mukkasidan ketgan shaxsning qilmishi fosh etildi
Denov tumanida 2021 yil 18 may kuni soat 18.20 larda, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "namuna" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, K.Zakirning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, qurilishi tugallanmagan bino ichidan 26 tup "nasha" o'simliklarini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan. 21 may kuni K.Zikirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati