11 Mart 2021 yil
560
Giyohvandlik moddasi jinoyatga etakladi
Angor tumanida 2021 yilning 2 mart kuni viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Navro'z" mahallasi hududida "Bahor" mahallasida yashovchi, M.A. gumonlanib tekshirilganda uning yonidan, sof vazni 0.66 gramm bo'lgan "gashish" giyoxvandlik vositasi borligi aniqlanib ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan, 2021 yilning 5 mart kuni fuqaro M.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlash) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Inson hayoti va sog'ligi uchun xavfli bo'lgan zahri qotil giyohvandlik moddasini noqonuniy saqlab kelgan M.A. endilikda qonun oldida javob beradigan bo'ldi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati