12 Iyul 2021 yil 470

Giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug'ullanuvchi shaxs fosh etildi

O'zbekiston Respublikasi IIV o'z xavfsizligi boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo'yicha bo'limining tezkor ma'lumotiga asosan, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda, 2021 yilning 9 iyul kuni soat 9:00 lar chamasida Termiz shahri "Do'stlik" mahallasi hududida tezkor tadbir o'tkazildi.
Ushbu mahallada vaqtincha yashab kelayotgan A.Rustamning yashash uyi ko'zdan kechirilganda, yashash uyi xojatxonasidan 2 dona tsellofan paketga o'ralgan jami 138.55 gramm bo'lgan o'tkir hidli giyohvandlik moddasiga o'xshash modda borligi aniqlandi.
Mazkur holat xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ushbu moddaning tarkibini aniqlash yuzasidan kimyoviy ekspertiza tayinlandi.
Viloyat IIB ekspert-kriminalistika bo'limining 2021 yil 09 iyul kunidagi xulosasiga ko'ra, A.Rustamning yashash uyidan olingan modda, sof vazni 78,18 gramm bo'lgan "gashish", 58,10 gramm "opiy"giyohvandlik moddalari ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan hozirda, Termiz shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan 10 iyul kuni A.Rustamga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech