25 Fevral 2021 yil 569

Giyohvand modda savdosiga chek qo'yildi

Denov tumani "Nuriston" mahallasida yashaydigan Ismat (ismi o'zgartirilgan)ga tanishi Dilmurod giyohvand modda oldi-sotdisiga yordam bersa, mo'may daromad topishishi mumkinligi haqida aytib qoladi. U bu taklifga o'ylamay-netmay rozi bo'ladi. Ilgari sudlanganiga qaramay, noqonuniy ishga bot qo'l uradi. Biroq, Surxondaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Denov shahar "Istiqbol" mahallasida o'tkazilgan tadbirda Ismatning siri fosh bo'ldi.
U to'xtatilib, xolislar ishtirokida kiyimlari tekshirilganida yonida ikki dona "spichki" yozuvli gugurt quti borligi aniqlandi. Quti ichi ochib ko'rilganda o'tkir hidli, yashil rangli marixuanna giyohvandlik moddasi borligi ma'lum bo'ldi.
Shundan so'ng, tadbir davom ettirilib, Denov shahar "Bog'inav" mahallasidagi ko'p qavatli uylarning oldida Sherobod tumanida yashovchi Dilmurod boshqa bir fuqaroga 500 ming so'm evaziga 4 dona "spichki" yozuvli gugurt qutilarga qadoqlangan marixuanna giyohvandlik moddasini sotgan vaqti qo'lga olindi. Elektron tarozida o'lchab ko'rilganida gugurt qutilari bilan jami 39.2 gramm ekanligi aniqlandi.
Holat yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atildi.


Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech