5 Iyun 2021 yil 474

Giyohfurushlar qo'lga tushdi

Sariosiyo tumanida 2021 yilning 27 may kuni, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona xizmatlari xodimlari tomonidan tumanning "aeroport" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, tumanning "Erman" mahallasida yashovchi, A.Alpomish mijozga 0,469 gr "opiy" giyohvandlik moddasini 2.000.000 (ikki million) so'mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Olib borilgan surishtiruv davomida, A.Alpomish ushbu giyohvandlik moddasini shu tumanda yashovchi Z.Shaxzoddan olganligi aniqlanib ushlangan va uning yonidan 0,18 gr "gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 27 may kuni A.Alpomish va Z.Shaxzodlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech