25 Mart 2021 yil 531

Giyohfurushlar qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yilning 15 mart kuni taxminan soat 13.30 lar chamasida, "Antiterror" tadbiri davomida viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, shaharning "Jo'yijangal" mahallasida yashovchi, R.U.ga tegishli nonvoyxona ko'zdan kechirilganida, unga tegishli bo'lgan kostyumi cho'ntagidan 0.49 gramm "gashish" giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.
Tadbir davomida, R.U. ushbu giyohvandlik vositasini tanishi, shaharning "Juyijangal" mahallasida yashovchi, R.M.dan olganligi aniqlanadi. Mazkur tadbir davom ettirilib, 15 mart kuni taxminan soat 15.30 lar chamasida, R.M.ning yashash uyi ko'zdan kechirilganida, uyidagi shisha ichida ikki dona polietilen paketga qadoqlangan 0.22 gramm "opiy" va 0.25 gramm "gashish" giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Ilgaridan R.U va R.M.lar giyohvand moddalarni iste'mol qilish va o'tkazish ishlari bilan shug'ullanib kelganligi ma'lum bo'lgan.
Mazkur holat yuzasidan, 18 mart kuni R.U.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan, R.M.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi, 25-273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech