Giyohfurushga jinoyat ishi ochildi
Jarqo'rg'on tumanida 2020 yilning 20 iyun kuni taxminan soat 18:00 lar chamasida, tuman ichki ishlar bo'limi Jinoyat qidiruv bo'limi va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning "Loyqand" mahallasida yashovchi X.X.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari tekshirilganda 5 tup "nasha" giyohvandlik o'simligi ekib parvarishlab kelayotganligi va uyidan 82 dona gugurt qutisiga qadoqlangan 440,6 gramm "marixuna" hamda 1 dona baklashkada 108,2 gramm "marixuana" giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan 22 iyun kuni X.X.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi "b" bandi va 276-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati