11 May 2021 yil 469

Giyohfurush qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yilning 2 aprel kuni taxminan soat 19.30 lar chamasida, shaharning "Bog'ishamol" mahallasida hududida joylashgan restoranlarning birida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, shaharning "Jo'yijangal" mahallasida yashovchi, X.I. mijozga sof vazni 1.75 gramm bo'lgan "gashish" giyohvandlik vositasini 600.000 (olti yuz ming) so'mga sotayotgan vaqtida aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 10 aprel kuni X.I.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech