25 Noyabr 2022 yil 806

Giyohvandlikning tibbiy hamda jamiyatga yetkazadigan zarari

Ilmiy tekshirish natijalariga qaraganda qoradori, og‘iz, burun orqali inson organizmiga kirgach, u avvalo ichaklardan so‘riladi hamda qorindagi qon aylanish yo‘li bilan jigarga yetib boradi va uning faoliyatini buzilishiga olib keladi. Giyohvand moda ta’sirida asab hujayralari ishdan chiqib yaroqsiz holatga kelgach, insonda ko‘rish, eshitish, hid bilish, fikr yuritish, issiq-sovuqni, qattiq-yumshoqni, shirin-bemazani sezish xususiyatlari yo‘qoladi. Ma’lumki, asab hujayralari hayot moddasi sanalmish prtoplazmadan tarkib topgan bo‘ladi.  Qoradori yetib borib u bilan muloqot qilgan paytda shu hayot moddasi qattiq iztirobga tushadi. Natijada u o‘z harakatini tezlashtiradi yoki susaytiradi yoxud tirishish tortishish holati paydo bo‘ladi. Oxir oqibatda protoplazmaga o‘tkazilgan bunday salbiy ta’sirlar uni giyohvand modda iste’molisiz yashay olmaydigan holatga keltirib qo‘yadi. Bunday holatga mubtalo bo‘lgan kashanda asablarini biroz bo‘lsa ham tinchlantirish maqsadida giyohvand moddalarini iste’mol qilish majbur bo‘lib qoladi.

Giyohvand moddani doimiy iste’mol qilishga duchor bo‘lgan kashandalar jumladan, shunday salbiy holatlarga giriftor bo‘ladilar: uyqusizlik, kam harakatlilik, tananning qaqshab og‘rishi, ishtahasizlik, g‘amginlik, ko‘zning yoshlanishi, titroq, serpeshoblik, et uvishishi tomirlarning bo‘rtib chiqishi, yurak o‘ynashi, ko‘ngil aynishi qayt qilish va boshqa holatlar.  Yana eng dahshatlisi giyohvand moddalar ba’zi bemorlarda OITS kasalligini tarqalishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Giyohvandlikning jamiyatga yetkazadigan zararlari behad ko‘p. Giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan kimsada avvalo o‘ziga, so‘ng oilasiga, kasbiga yoki  o‘qishiga nisbatan qiziqish, ahamiyat va parvo hislari qolmaydi. Ayniqsa ishlab chiqarish va taraqqiyotning asosiy kuchi sanalmish yosh avlodni giyohvandlikning birinchi navbatdagi qurboni bo‘lishi - bu juda achinarli hol.

Giyohvandlikning salbiy oqibatlari faqat shaxs yoki jamiyatnigina emas, balki, borib-borib butun mamlakatning sog‘lomligi va barqarorligiga putur yetkazishi, siyosiy tuzum va qonunchilikni izdan chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Text to speech